“Bozor ko‘rmagan yigit” filmidagi ijrosi hamda “Televizion miniatyuralar teatri”dagi komedik rollari bilan tanilgan aktyor Husan Musaboyev 71 yoshda vafot etdi. U “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Buxoro viloyati perinatal markazida 33 yoshli ayol farzand dunyoga keltirayotgan vaqtda vafot etdi. U kasalxonaga tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi, qog‘onoq suvlari ketishi va umumiy holsizlik holatida olib kelingan. Ikki nafar mas’ul shifokor boshqa bo‘limga rotatsiya qilingan.
“Mirzo” teatri aktrisasi Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi. Avvalroq uning sog‘lig‘ida muammolar bo‘layotgandi.
Do‘stlik tumanida oilaviy bog‘chaning qarovsiz qolgan 3 yoshli tabriyalanuvchisi ariqqa tushib ketib, vafot etgandi. Sud bu ishda bog‘cha direktoriga 4 yil 1 oy, tarbiyachiga 4 yil va tuman SES boshlig‘iga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.
Bekobod tumanida ukasining sud majlisida janjal ko‘tarib, IIBga olib ketilgan erkak “binoga kirish yo‘lagida” hushini yo‘qotdi. Shifoxonaga olib borilganda uning vafot etgani aniqlangan. IIV buning favqulodda holat sifatida ko‘rilishi va har bir xodimning harakatlari sinchkovlik bilan o‘rganilishini bildirdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdurauf Qorjovov 68 yoshda vafot etdi. U MTRK tizimida 27 yil davomida ishlagan, shuningdek, so‘nggi yillarda “Yangi O‘zbekiston” gazetasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Poytaxtning Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi tumanda joylashgan maktabdagi basseynda cho‘milganda ahvoli yomonlashib vafot etdi. Bosh prokuratura o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinladi.
Bo‘stonliq tumanida 29 yoshli ayol va uning 7,5 oylik homilasi antibiotik in’eksiya qabuli ortidan nobud bo‘lgani aytilmoqda. Marhumaning eri ayoliga ruxsat etilmagan allergiya beruvchi dori yozib berilganini ta’kidladi. U “ayolning sog‘lig‘iga bee’tibor bo‘lganlarga” qonuniy chora ko‘rishni so‘ramoqda.
O‘tgan yili Toshkent shahridagi 99-maktabda o‘quvchining elektr toki urishi oqibatida vafot etgani ortidan maktab ma’muriyatiga sud hukmi chiqarildi. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 4 yilga qamaldi, direktorga esa 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi berildi.
Psixolog va iqtisodchi, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilaridan biri Daniel Kaneman 90 yoshida vafot etdi.
Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik 21 yoshli talabasi o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi.
Bosh prokuratura Do‘stlik tumanidagi bog‘cha tarbiyalanuvchisi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bir hafta avval oilaviy nodavlat MTTning qarovsiz qolgan 3 tarbiyalanuvchisi ko‘chaga chiqib ketgan va 3 yoshli qiz bog‘chadan 1 km uzoqlikdagi fermer xo‘jaligi arig‘idan o‘lik holda topilgandi. Bog‘cha yopildi.
Oktabrda Toshkentdagi 259-maktabda jismoniy tarbiya darsida 12 yoshli bola koptok tegib, vafot etgani yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bir necha kun avval shu maktabning futbol maydoni oldidan hushsiz topilgan 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etgandi.
Dang‘ara tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida uch nafar shaxs o‘zaro janjallashgan. Janjal vaqti faol qarshilik ko‘rsatilgani sabab ularni ajratmoqchi bo‘lgan yigit hushini yo‘qotgan. U shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida vafot etgan.
Jurnalist, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot kotibi sifatida ishlagan Ayjamal Joldasbayeva 27 yoshida vafot etdi. Yaqinlari unda homiladorlik davri og‘ir kechganini aytmoqda. U 2014-yilda Zulfiya mukofoti bilan taqdirlangan.
“Darakchi plyus” gazetasi jurnalisti Suriya Magdeyeva kasallikdan so‘ng 43 yoshida vafot etdi.
Dunyo bo‘ylab telekanalining “Svoimi glazami” dasturi muxbiri Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi. Unda antibiotik dori qabul qilinganidan keyin allergik reaksiya kuzatilgan va jurnalist anafilaktik shokni boshdan kechirgan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali direktori Xamidullo Ustabayev 50 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
Instagram`da milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan bloger Asad Algo jarrohlik amaliyotidan so‘ng 20 yoshida vafot etdi. Uning ko‘cha bezorilari hujumiga uchragani aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.
Sharof Rashidov tumanida Shacman yuk mashinasi Epica avtomobiliga urilib, 2 yo‘lovchi ayol vafot etdi. Shuningdek, ushbu YTH ortidan yana 5 ta transport vositasi to‘qnashib ketdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting